Suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari bahoriy Navroʻz ayyomi munosabati bilan bir-birini samimiy qutlab, qardosh xalqlarimizga tinchlik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.

Koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish, savdo sohasidagi qoʻshma loyihalarni ilgari surish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish va transport infratuzilmasini rivojlantirish, hududlararo aloqalar va gumanitar almashinuvlarni faollashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Turkiy kengashning boʻlajak sammitiga tayyorgarlik koʻrish masalalari ham muhokama qilindi.

Muloqot har doimgidek ochiq, samimiy va doʻstona ruhda oʻtdi.