Federatsiya Kengashi Raisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Ikki mamlakat parlamentlarining samarali hamkorligi O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.