Saudiyaning ushbu kompaniyasi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va mamlakatimizdagi ustuvor loyihalarni jadallashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari bugungi kunda O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga eng ko‘p investitsiya kiritayotgan “ACWA Power” bilan samarali sheriklik darajasini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.
Zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari, shamol va quyosh energetikasi obyektlari, energetika infrutizilmasini barpo etish, “yashil” vodorod ishlab chiqarish, ilg‘or texnologik yechimlar asosida uskuna va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, Muhammad Abunayyan hamraislik qilayotgan qo‘shma Ishbilarmonlar kengashi doirasida Saudiyaning yetakchi kompaniya va bank institutlarini O‘zbekistonga jalb qilish borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida “ACWA Power” raisi uning faoliyati yuksak baholangani va davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangani uchun O‘zbekiston yetakchisiga chuqur minnatdorlik bildirdi.