Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazish uchun 14 ta saylov okrugi tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Saylov okruglari roʻyxati, ularning chegaralari, saylovchilar soni va okrug saylov komissiyalarining joylashuvi koʻrsatilgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan eʼlon qilinadi.

Yigʻilishda 500 dan ortiq OAV vakillariga akkreditatsiyadan oʻtkazish boʻyicha tegishli guvohnomalarni berish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Kelgusida OAVdan murojaaatlar boʻyicha MSK ularning akkreditatsiyasini oʻrnatilgan tartibda amalga oshiradi.