O‘zbekiston va XXR davlat madhiyalari yangradi. Davlatimiz rahbari Xalq qahramonlari yodgorligi poyiga gulchambar qo‘yib, XIX-XX asarlarda Xitoy mustaqilligi va ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lganlarning xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Tyananmen maydoni xitoy millatining ramziy yuragi hisoblanadi.

1949-yil 1-oktabr kuni aynan shu yerda Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilgani e’lon qilingan. Xalq qahramonlari yodgorligi XX asrning o‘rtalarida bunyod etilgan.