Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiyaga joʻnab ketdi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sanae Takaichining taklifiga binoan 18-dekabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

    Tashrif dasturiga muvofiq, Tokioda bir qator oliy darajadagi uchrashuvlar va tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

    Oʻzbekiston – Yaponiya strategik sherikligi va koʻp qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish hamda kengaytirish masalalari diqqat markazida boʻladi.

    Shuningdek, Oʻzbekiston Prezidenti “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti davlat rahbarlarining birinchi sammitida ishtirok etadi.