“Xaneda” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Yaponiya ichki ishlar va kommunikatsiyalar vaziri Yoshimasa Xayashi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Tashrifning asosiy tadbirlari 19-20-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston Prezidenti Yaponiya Imperatori Naruxito, Bosh vaziri Sanae Takaichi va boshqa rasmiylar, ishbilarmon doiralar hamda akademik hamjamiyat vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazadi.
Shuningdek, Oʻzbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqotining birinchi sammitida ishtirok etadi.











