Unda maʼlum qilinganidek, tashrif dasturiga muvofiq, Parijda oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, Milliy Assambleya – Fransiya parlamentining quyi palatasida uchrashuv, shuningdek, Fransiyaning yetakchi kompaniyalari va banklari rahbarlari ishtirokida biznes tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
“Kun tartibiga konstruktiv siyosiy muloqotni yana-da rivojlantirish, ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish, birinchi navbatda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, faol gumanitar va maʼrifiy almashuvni davom ettirish masalalari kiritilgan, deb yozadi agentlik. Sammit yakunida o‘ndan ortiq muhim ikki tomonlama hujjatlar, shuningdek, investitsiya shartnomalari va savdo bitimlari to‘plami qabul qilinishi rejalashtirilgan”.
Tashrif davomida Fransiya poytaxtidagi jahonga mashhur Luvr muzeyi va Arab dunyosining nufuzli institutida O‘zbekistonning boy madaniy va tarixiy merosiga oid noyob ko‘rgazmalar ochilishi ham maʼlum qilingan.
Alohida taʼkidlanganidek, Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi eng muhim biznes sheriklaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda Fransiya sarmoyadorlarining 16 ta, jumladan, yuz foizlik fransiyaliklar sarmoyasi asosidagi 2 ta kompaniya faoliyat ko‘rsatayotir.
“Fransiya O‘zbekiston mustaqilligini 1992 yil 3 yanvar kuni tan olgan, ikki mamlakat o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992 yil 1 martda o‘rnatilgan”, deb yozadi «Fars news» AA.