Taʼkidlash joizki, ushbu intervyu xalqaro ekspertlar diqqat eʼtiborida boʻlib turgan katta voqea boʻldi. Xususan, bundan avvalroq Ispaniyaning yetakchi nashrlardan biri boʻlgan “De Aqui El Periodico” ham oʻz sahifalarida davlatimiz rahbari intervyusining toʻliq matnini eʼlon qilgandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Bundan tashqari, koʻplab yetakchi xorijiy ommaviy axborot vositalari sermazmun va dasturiy intervyuni tarjima qilib, oʻz manbalarida chop etmoqda. Bu, shubhasiz, Oʻzbekistonning zamonaviy rivojlanishiga va mamlakatda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli oʻzgarishlarga xorijda katta qiziqish borligidan dalolat beradi. Bugungi kungacha Islom hamkorlik tashkilotining “OIC Today” ixtisoslashtirilgan jurnali, Xitoyning “Psearcher” jurnali elektron portali, Pokistonning “The Daily Spokesman” va “The Daily Ittehad” gazetalari, “Pakistan in the World” jurnali, “Pakistan Economic Net” axborot portali, Italiyaning “Lo Spessore” onlayn-jurnali, Kuvaytning “The Times Kuwait” gazetasi va boshqa manbalar davlatimiz rahbari intervyusini turli tillarda eʼlon qildi.