Qonun loyihasini deputatlarga adliya vaziri Ruslanbek Davletov taqdim qildi, deya xabar beradi Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Taʼkidlanishicha, Qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farqlovchi belgilari, yaʼni koʻkrak nishoni va shtandarti (bayrogʻi) yuzasidan qoidalar kiritilmoqda.

Xorijiy davlatlarda Davlat rahbarining koʻkrak nishoni va shtandarti yangi saylangan Prezidentga qasamyod qabul qilgandan keyin topshirilishi belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida ushbu masalalar tartibga solinmaganligi bois, qonunchilikni tegishli mazmundagi norma bilan toʻldirish taklif etilmoqda.

Ushbu tartib lavozimga saylangan shaxsni prezidentlik lavozimiga yuklatilgan murakkab vazifalarni samarali amalga oshirishiga xalq va jamiyat tomonidan bildirilgan ishonch belgisi sifatida xizmat qilishi taʼkidlandi.