Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining majlisi oldidan eʼlon qilingan “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: oʻzaro bogʻliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhali konseptual maqolasi BMT Bosh Assambleyasi 77-sessiyasining rasmiy hujjati sifatida tarqatildi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Hujjat, shuningdek, BMT jurnalida ham chop etildi.

Taʼkidlash joizki, davlatimiz rahbarining mazkur maqolasi ShHTning Samarqand sammiti arafasida xorijiy ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritildi. Bu esa, shubhasiz, SHHT faoliyatiga qiziqish va eʼtiborning kuchayishiga turtki boʻldi.

Ushbu maqola dunyoning 35 dan ortiq mamlakatidagi 150 dan ortiq xorijiy OAVda oʻndan ortiq xorijiy tillarda chop etildi.