Ushbu tashabbus ilk bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2020-yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqida ilgari surilgan edi. Oradan o‘tgan davr mobaynida o‘zbek diplomatiyasining faol va izchil sa’y-harakatlari natijasida mazkur g‘oya xalqaro miqyosda yagona hujjat shakliga keltirildi va jahon hamjamiyati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.
Rezolyusiyada nimalar aks etgan va u nima uchun muhim?
O‘zbekiston tajribasi. Hujjatda Toshkent shahrida Parlamentlararo Ittifoqning 150-Assambleyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani va unda qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi alohida e’tirof etildi.
Ijtimoiy tenglik va yoshlar. Hujjat parlamentlar faoliyatida ayollar va yoshlar ishtirokini kengaytirish, rivojlanayotgan davlatlarni qo‘llab-quvvatlash hamda ijtimoiy sohada xalqaro hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan.
Dunyo mamlakatlarining yakdil qo‘llab-quvvatlashi. Rezolyusiyani qabul qilish uchun o‘tkazilgan ovoz berish jarayonida 167 ta davlat uni yoqlab ovoz berdi. Dunyoning 61 ta davlati, jumladan Avstriya, Germaniya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Braziliya va Ispaniya kabi mamlakatlar O‘zbekiston tashabbusiga hammuallif sifatida maydonga chiqdi.
Aytish mumkinki, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ushbu rezolyusiyaning qabul qilinishi Yangi O‘zbekiston tomonidan yuritilayotgan ochiq, konstruktiv va inson manfaatlariga qaratilgan tashqi siyosatning, shuningdek, Davlatimiz rahbarining global tashabbuslari xalqaro maydonda yuksak e’tirof etilayotganining yaqqol isbotidir.