Oʻzbekiston Qahramoni Fanlar akademiyasiga prezident etib saylandi

    Akademik Ayupov Shavkat Abdullayevich Fanlar akademiyasining prezidenti etib saylandi.

    Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida Fanlar akademiyasining prezidentini saylashga bagʻishlangan umumiy majlis boʻlib oʻtdi.

    Unda akademik Ayupov Shavkat Abdullayevich Fanlar akademiyasining prezidenti etib saylandi.

    Eslatib oʻtamiz, Shavkat Ayupov (1952- yilda tugʻilgan) – fizika-matematika fanlari doktori. Oliy Majlis Senati aʼzosi. 2021-yilda Oʻzbekiston Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.