Bu haqda Oʻzbekiton Fanlar akademiyasi axborot xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, bugungi kunda havo ifloslanishi, ayniqsa, SO₂ kabi zararli gazlar miqdorining ortishi, shuningdek, suvning ogʻir metall va kimyoviy boʻyoqlar bilan zaharlanishi global muammolardan biriga aylangan.

Bu kabi muammolarni bartaraf etish uchun ekologik toza, samarali va barqaror materiallarga ehtiyoj ortib bormoqda.

Yangi turdagi mazkur gibrid aerogel qayta tiklanadigan va ekologik xavfsiz xomashyo — nanotsellyuloza asosida yaratilgan boʻlib, tabiatga zarar yetkazmaydi.

Aerogelning asosiy afzalliklari:

  • material havodagi SO₂ kabi zararli gazlarni samarali ushlab qolish xususiyatiga ega,
  • ogʻir metall ionlari va zararli boʻyoqlarni suvdan ajratib olish imkonini beradi,
  • yuqori izolyatsion xususiyatlari tufayli samarali qurilish materiali hisoblanadi,
  • nanogovakli tuzilmasi ovoz toʻlqinlarini yutib, binolarda akustik qulaylik yaratadi,
  • past issiqlik oʻtkazuvchanligi sabab energiya tejamkorligini taʼminlaydi,
  • zarba va tashqi taʼsirlarga nisbatan mustahkam,
  • material yengil boʻlishi bilan birga yuqori haroratga ham bardosh beradi.

Mutaxassislar taʼkidlashicha, ushbu gibrid aerogel sanoat, ekologiya va qurilish sohalarida keng qoʻllanilishi mumkin boʻlib, kelajakda atrof-muhitni muhofaza qilishga xizmat qiladigan muhim innovatsiya sifatida baholanmoqda.