Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2024-yilning yanvar dekabr oylarida xorijdan qiymati 11,6 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 2,5 mln kv.m gilam import qilingan.
Oʻzbekistonga 2024-yilning 12 oyida eng koʻp gilam import qilingan davlatlar:
– Xitoy – 1,2 mln kv.m
– Turkiya – 537,9 ming kv.m
– Qirgʻiziston – 361,7 ming kv.m
– Qozogʻiston – 150,6 ming kv.m
– Eron – 99,8 ming kv.m
– Boshqa davlatlar – 193,8 ming kv.m gilam import qilingan.