Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 27 ta xorijiy davlatlardan qiymati 1,0 million AQSH dollariga teng boʻlgan 196,4 tonna kofe mahsulotlarini import qilgan.
Kofe mahsulotlari importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,8 tonnaga oshgan.
Oʻtgan 7 oy mobaynida import qilingan kofe mahsulotlarining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:
Rossiya – 57,4 tonna;
Italiya – 52,6 tonna;
Braziliya – 34,0 tonna;
Vyetnam – 22,6 tonna;
Belorus – 13,1 tonna;
Germaniya – 2,8 tonna;
Turkiya – 2,7 tonna;
Kolumbiya – 1,7 tonna.