Bu haqda 24-fevral kuni Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi raisi oʻrinbosari Edil Baysalov Jenevada boʻlib oʻtgan BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining 58-sessiyasidagi nutqida maʼlum qildi, deya xabar qiladi 24.kg sayti.
Baysalov oʻz nutqida, shuningdek, Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi davlat chegarasi chizigʻi uzil-kesil kelishilganini eʼlon qildi va bu voqeani «diplomatiya va siyosiy irodaning tarixiy gʻalabasi« deb atadi.
Boʻlajak Xoʻjand sammiti uch mamlakat oʻrtasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam boʻladi. Yetakchilar xavfsizlikni taʼminlashga qaratilgan hamkorlikning asosiy masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Shu yilning 21-fevral kuni Qirgʻiziston va Tojikiston qirgʻiz-tojik chegarasini delimitatsiya qilish boʻyicha yakuniy protokolni imzolagandi.
Oʻshanda bir qator hujjatlar, jumladan, davlat chegarasi toʻgʻrisidagi shartnoma, energetika obyektlari va suv resurslari boʻyicha hukumatlar oʻrtasidagi kelishuv, chorrahalardagi avtomobil yoʻllaridan foydalanish va yangi yoʻllar qurish toʻgʻrisidagi bitim tayyorlangani maʼlum qilingandi.
Hujjatlar ikki mamlakat prezidentlari tomonidan imzolash uchun tayyorlangan.