Taʼkidlanishicha, 2021-yil martdan oktyabrgacha va 2022-yil mart-aprel oylarida Qirgʻizistonga 750 million kilovatt-soatgacha elektr energiyasi yetkazib berish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Bunday chora-tadbirlar Toʻqtoʻgʻul suv omborida suv toʻplash va uni 2021–2023-yillarda oʻsish mavsumida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi isteʼmolchilariga yetkazib berish maqsadida amalga oshiriladi.

Qirgʻiziston iyun-avgust oylarida xuddi shunday miqdordagi elektr energiyasini qaytarib beradi.

Avvalroq energetika vaziri Kubanichbek Turdubayev Toʻqtoʻgʻul suv omboridagi suv sathi xavfli darajaga yetganini aytgandi.