Oʻzbekiston qizlari ilm-fan sohasida oʻz mahoratini namoyish etmoqda!

    Innovatsion rivojlanish vazirligida Technovation Girls Uzbekistan va UniSat Uzbekistan dasturlarining yakuniy tadbiri “STEM sohasida qizlar kuni"da jamoalar ishtirokchilari va murabbiylarining olti oylik faol ish yakunlari sarhisob qilindi.

    UniSat dasturi ishtirokchilari 8-may kuni Oʻzbekistonning Navoiy viloyatida uchirilgan nanoyoʻldoshni namoyish etishdi va toʻplangan maʼlumotlar haqida soʻzlab berishdi.

    Xususan, havoning ifloslanish datchigi shuni koʻrsatdiki, Yevropa koʻrsatkichlariga nisbatan Navoiy viloyatida havo sifati yaxshiligicha qolmoqda, eng yuqori ifloslanish 5 km gacha.