Taʼkidlanganidek, zamonaviy bosqichda Oʻzbekiston-Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanyapti. Oʻzbekiston va Qozogʻiston Rahbarlari oʻrtasida yoʻlga qoʻyilgan ishonchli va iliq muloqot asnosida hamkorlik jadal surʼatlarda oʻsib borayotir.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi jarayoni oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Parlamentlar, vazirlik va idoralar, shuningdek, ikki mamlakat hududlari yoʻnalishida boʻlib oʻtadigan tadbirlarning turli jihatlari koʻrib chiqildi.
Savdo, energetika, transport va logistika, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalardagi aloqalarni jadallashtirishning muhimligi eʼtirof etildi.
Tomonlarning xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasidagi muloqotni davom ettirishga tayyorligi maʼlum qilindi.
Qardosh xalqlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlashning muhim omili boʻlgan madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.