Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Gruziya Parlamenti Raisini qabul qildi

    Joriy yilning 8-aprel kuni Vazilar Mahkamasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Gruziya delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Gruziya Parlamenti Raisi Shalva Papuashvili boshchiligidagi delegatsiya mamlakatimizda boʻlib turibdi.

    Joriy yilning 8-aprel kuni Vazilar Mahkamasida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Gruziya delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazdi.

    Uchrashuvda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar koʻp asrlik doʻstlik va oʻzaro hurmat tamoyillari asosida jadal rivojlanib borayotgani, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi.

    Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, turizm va madaniy-gumanitar sohalardagi oʻzaro manfaatli amaliy hamkorlikni kengaytirish zarurligiga eʼtibor qaratildi.

    Bunda Hukumatlararo komissiya faoliyati muhim oʻrin tutishi, uning navbatdagi yigʻilishi kun tartibini ikkala tomon uchun ham birdek manfaatli boʻlgan loyihalar bilan boyitishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi qayd etildi.