Jismoniy tarbiya va sport sohasini yana-da rivojlantirish boʻyicha istiqboldagi muhim vazifalarni amalga oshirish hamda yoshlar oʻrtasida sport musobaqalarini muntazam tashkil etish orqali ular orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish va barkamol avlodni tarbiyalash maqsadida joriy yilning 9-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni general-mayor R.Djurayev va Oʻzbekiston Taekvon-Do ITF Milliy Assotsiatsiyasi prezidenti L.Xasanov uchrashib, hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Mazkur qarorga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston Taekvon-Do ITF Milliy Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda respublika boʻylab sport toʻgaraklari faoliyatini yoʻlga qoʻyish, tashkil etiladigan sport musobaqa va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni hamkorlikda oʻtkazish, amaliy yordam koʻrsatish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi saflariga harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan yosh sportchilarni imtiyozli ravishda xizmatga qabul qilish masalalari yuzasidan mutasaddi rahbarlarga vazifalar yuklatildi.Shuningdek, mazkur uchrashuvda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston Taekvon-Do ITF Milliy Assotsiyatsiyasi oʻrtasida oʻzaro faoliyatlarini qoʻllab-quvvatlash hamda hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror imzolandi.

Ushbu uchrashuv Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Oʻzbekiston Taekvon-Do ITF Milliy Assotsiatsiyasi oʻrtasidagi hamkorlikning yangi bosqich muqaddimasi boʻldi.