Oʻzbekistonda Olimpiya harakatini rivojlantirish hamda oliy sport yutuqlarini qoʻllab-quvvatlash va targʻib etishga qoʻshgan katta hissasi, yuksak fidoyilik va tashabbuskorlik fazilatlari, koʻp yillik samarali faoliyati, Osiyo Olimpiya oilasida mamlakatimiz nufuzini oshirish, sport sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi alohida xizmatlari uchun Osiyo Olimpiya kengashi prezidenti Shayx Javʼan bin Hamad Ol Soniy Janobi Oliylari “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasining shon-sharaf ordeni” bilan taqdirlansin.


Sh.Mirziyoyev,

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasi Raisi