Unda senatorlar, Vazirlar Mahkamasi mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.
Videokonferensaloqa tarzida oʻtkazilayotgan yalpi majlisni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.
Yalpi majlisda koʻrib chiqiladigan masalalarning muhokamasini Senatning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari hamda “Uzreport” telekanali orqali toʻgʻridan-toʻgʻri jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.