Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasi 3-bandi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni 9-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq Oybek Aʼzamjonovich Barakabayev va Doniyorjon Muxamatjonovich Tojiboyevni oʻn yillik muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimiga saylash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, Oliy sudning ayrim sudyalari boshqa ishga oʻtganligi munosabati bilan lavozimlaridan ozod etildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.