Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-AQSh munosabatlari va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar hamda global xatarlarga qarshi kurashish mavzulariga alohida eʼtibor qaratildi.

Afgʻonistonda tinchlik jarayonini qoʻllab-quvvatlash hamda ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga amaliy koʻmak koʻrsatish yuzasidan fikr almashildi.

Ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalari ham koʻrib chiqildi.

General Makkenzi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga uchrashuv uchun samimiy minnatdorlik bildirib, AQSh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, keng koʻlamli hamkorlikni kengaytirish borasida qatʼiy ekanini taʼkidladi.