Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Ozarbayjon Respublikasiga boradi

    Hukumat 21 Avgust 2023 3272

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22-23-avgust kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda boʻladi.

    Tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat yetakchilari ishtirokidagi boshqa tadbirlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

    Kun tartibidan Oʻzbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ustuvor yoʻnalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

    Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.