Tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar hamda ikki mamlakat yetakchilari ishtirokidagi boshqa tadbirlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. 

Kun tartibidan Oʻzbekiston-Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ustuvor yoʻnalishlardagi amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.

Muzokaralar yakunida ikki tomonlama bitimlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.