Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasiga start berildi

    Saylov 23 Iyul 2021 1849

    Bugun, 23-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi majlisida mamlakatda Prezident saylovi kampaniyasiga start berildi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining MSK Matbuot markazi rasmiy ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbirida maʼlum qilindi.

    MSK Matbuot markazi ochilish marosimida mamlakatimizda akkreditatsiyadan oʻtgan xorijlik va mahalliy jurnalistlar, siyosiy partiyalar vakillari ishtirok etdi.

    Prezidentlik saylovlari joriy yil 24-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

    Eslatib oʻtamiz, MSK Matbuot markazi Toshkent shahri Navoiy koʻchasi 1-uyda (Maʼrifat markazi, Simpoziumlar saroyi binosi) joylashgan.