Suhbat davomida afgʻon yoʻnalishidagi Oʻzbekiston- AQSH munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, xususan, Afgʻonistondagi vaziyat rivoji masalalari muhokama etildi.

Yuqori martabali diplomat Oʻzbekistonning afgʻon xalqiga gumanitar koʻmak berish va Afgʻonistonga iqtisodiy yordam koʻrsatish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

Amerika tomoni 2022-yil 25-26-iyul kunlari Afgʻoniston boʻyicha Toshkent xalqaro konferensiyasining muvaffaqiyatli oʻtganini alohida taʼkidladi. Mazkur forum nafaqat Afgʻonistonda, balki butun mintaqada barqarorlikni taʼminlash boʻyicha xalqaro saʼy-harakatlarni faollashtirishda muhim platformaga aylangani alohida taʼkidlandi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.