Suhbat chogʻida Afgʻoniston yoʻnalishidagi Oʻzbekiston-Fransiya munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari, xususan, Afgʻonistondagi mavjud vaziyat muhokama etildi.

Afgʻoniston xalqiga insonparvarlik yordami koʻrsatish borasida ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi.

Oliy martabali diplomat Oʻzbekistonning Afgʻonistonga iqtisodiy yordam koʻrsatish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi, xususan, Oʻzbekistonning BMT shafeligida Oʻzbekiston bilan chegaradosh Termiz shahrida Afgʻonistonga insonparvarlik yordami yetkazib berish maqsadida koʻp funksiyali transport-logistika xabini yaratish tashabbusi muhimligi va oʻz vaqtida amalga oshirilganini taʼkidladi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.