Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Maxsus vakili Germaniya Elchisi bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 17 May 2022 1411

    2022-yil 17-mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatulla Irgashev Germaniya Federativ Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tilo Klinner bilan uchrashdi.

    Suhbat chogʻida Afgʻonistondagi mavjud vaziyat, shuningdek, Afgʻoniston yoʻnalishida Oʻzbekiston-Germaniya munosabatlarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

    T.Klinner Afgʻoniston boʻyicha yagona mintaqaviy pozitsiya ishlab chiqish, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik oʻrnatish, afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatish borasidagi Oʻzbekistonning saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

    Tomonlar Afgʻonistonda amalga oshirilayotgan transport-kommunikatsiya loyihalari, xususan, “Mozori-Sharif – Kobul – Peshovar” temir yoʻl liniyasi qurilishini ham muhokama qildilar, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.