Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti rejalashtirilyapti

    Biznes 19 Iyul 2021 1870

    Soʻnggi yillarda tadbirkorlarning iqtisodiyot va jamiyatda tutgan oʻrni keskin oshib, tadbirkorlik faoliyati barcha soha, tuman, qishloq va mahallalargacha kirib bordi. Shu munosabat bilan, yaqin kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan ochiq muloqoti oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

    Ushbu tadbirda tadbirkorlar oldidagi dolzarb muammolar va ularning yechimlari, respublikada biznes muhitini yana-da yaxshilash boʻyicha taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.

    Joriy yil 20-iyuldan 31-iyulgacha faoliyatingizga bogʻliq masala, biznesingizni kengaytirish va rivojlantirishga turtki beradigan
    gʻoya va takliflar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga murojaat qilishingiz mumkin.

    Sizning murojaatingiz mamlakatimiz taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim va bu imkoniyatni boy bermang! Faol boʻling!

    Murojaatlarni tumaningizdagi tadbirkorlik murojaatlarini koʻrib chiqish qabulxonalari, yoki Shtab “Call-markazi”ning 11-00, (71) 238-52-52, (78) 150-60-06, (71) 202-09-06 telefon raqamlari hamda quyidagi internet tarmoqlari orqali yetkazish mumkin:

    Telegram: t.me/uzchamber yoki @taklif_bot telegram boti;
    Veb-sayt: www.chamber.uz;
    Facebook: www.facebook.com/uzchamber;
    Instagram: www.instagram.com/uzchamber;
    E-mail: info@chamber.uz;
    Manzil: Toshkent shahri, A.Temur koʻchasi, 4-uy. Indeks: 100047.