"Shu munosabat bilan Oʻzbekistonning xorijiy hamkorlar bilan doʻstona munosabatlariga putur yetkazishi mumkin boʻlgan bunday igʻvogar harakatlarga yoʻl qoʻyilmasligini yana bir bor taʼkidlaymiz.
Oʻzbekiston Respublikasi oʻz mustaqilligi va suverenitetini taʼminlash maqsadida faqat milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda bundan buyon ham oʻzi tanlagan mustaqil taraqqiyot yoʻlida qatʼiy davom etadi", deyiladi boyonotda.