Tomonlarni to‘qnashuvlarni zudlik bilan to‘xtatish, vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha birgalikdagi choralarni ko‘rish va keskinlikning yanada ortishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz.

Bugungi kunda barcha masalalar va mavjud muammolar Markaziy Osiyoning birodar xalqlariga xos bo‘lgan ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik hamda sheriklik munosabatlari ruhida muzokaralar va maslahatlashuvlar yo‘li bilan hal qilinishi zarur.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi yuzaga kelgan vaziyatni imkon qadar tez muddatda hal qilish uchun har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.