Qayd etilishicha, Isroil Tashqi ishlar vazirligi va politsiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, mamlakat janubida ro‘y bergan terror hujumi vaqtida O‘zbekistonda tug‘ilgan va 90-yillarda repatriatsiya dasturiga muvofiq Isroilga ko‘chib kelgan 5 (besh) nafar kishi halok bo‘lgan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ular amaldagi O‘zbekiston fukarolik pasportlariga ega emas.
"Yuqoridagilarni e’tiborga olib, OAV ni kuzatib boruvchi fuqarolarda bo‘lib o‘tayotgan voqealar ko‘lami va urush harakatlari haqida noto‘g‘ri qarashlar paydo bo‘lishini oldini olish maqsadida ma’lumotlarni chop ettirishdan oldin, ularni ishonchli manbalardan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Isroildagi Elchixonasi orqali qayta tekshirishingizni so‘raymiz", deyiladi elchixona murojaatida.
Holat bo‘yicha elchixonaga murojaat etish uchun quyidagi telefon raqamlari berildi:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076