Oʻzbekiston rossiyaliklar uchun eng sayohatbop mamlakatlar roʻyxatidan oʻrin oldi

    Turizm 17 Yanvar 2023 697

    Oʻzbekiston rossiyalik sayyohlik blogerlari va jurnalistlari tomonidan 2023-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakatlar roʻyxatiga kiritildi.

    Manbada yozilishicha, mutaxassislar bir nechta ishtirokchi oʻrtasida soʻrov oʻtkazgan. Unda har bir ishtirokchi bir vaqtning oʻzida yoʻnalish boʻyicha uchta variantni taklif qilgan.

    Yakuniy natijalarga koʻra, eng koʻp ishtirokchi Turkiyaga ovoz bergan boʻlsa, ikkinchi oʻrinni Gruziya egalladi. Oʻzbekiston esa uchinchi oʻrindan joy oldi.

    Kurort mamlakatlari orasidan Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand va Misr ham kuchli oʻntalikdan joy oldi, deb xabar beradi Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati.

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qoraqalpogʻiston dunyoning eng noyob 16 turistik maskani roʻyxatiga kiritilgandi.