Uchrashuv Tehrondagi «Ozodi» stadionida kechdi.
Uchrashuv davomida o'zbekistonliklarda gol urish uchun ko'p imkoniyatlar bo'ldi. O'yin oxirida ayniqsa tashabbus vakillarimiz tomoniga o'tdi. Biroq, o'yin davomida hisob ochilmadi.
Shu tariqa Eron va O'zbekiston terma jamoalari o'z guruhlarida etakchi o'rinlarni egallab to'g'ridan to'g'ri 3-bosqichga yo'l oldilar.
3-bosqichga iyun oyi oxirida qur'a tashlanadi. O'yinlar sentyabr oyida boshlanadi.