Oʻzbekiston sayyohlik salohiyati “MITT” xalqaro turizm koʻrgazmasida namoyish etildi

    Turizm 20 Mart 2024 708

    19-21-mart kunlari Oʻzbekiston delegatsiyasi Moskva shahrida boʻlib oʻtayotgan “MITT” xalqaro turizm koʻrgazmasida ishtirok etyapti.

    Milliy stendimiz delegatsiya tarkibidan Turizm qoʻmitasi, Navoiy viloyati turizm boshqarmasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AK, “Milliy PR-markazi” DUK, shuningdek, mahalliy turistik kompaniyalari mutaxassislari ishtirok etyapti.

    Koʻrgazmada ishtirok etish mamlakatning turizm salohiyatini, xususan, yangi turistik yoʻnalishlarni, shuningdek, va, albatta, TXTYA-2024 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasini ommalashtirishga yordam beradi. Shuningdek, milliy stendda mamlakatimizning milliy anʼanalari, urf-odat va marosimlari, Oʻzbekistonning mashhur turistik yoʻnalishlari namoyish etilyapti.

    Oʻzbekiston stendi koʻrgazmadagi eng mashhurlaridan biriga aylandi. Koʻrgazmaning birinchi kunida Oʻzbekistonning turizm salohiyati va madaniyatiga bagʻishlangan stendda milliy raqslar, hunarmandlar ijodi, turizmning turli yoʻnalishlari haqida maʼlumotlar taqdim etilib, tashrif buyurganlar oʻzbek xalqining boy madaniyati va tarixi bilan tanishtirildi, deb xabar beradi Turizm qoʻmitasi matbuot xizmati.