Suhbat chogʻida parlamentlararo muloqot mamlakatlarimiz oʻrtasidagi har tomonlama hamkorlik va strategik sheriklikni mustahkamlashning muhim qismiga aylangani taʼkidlandi. Oʻzbekiston Oliy Majlisi va Turkmaniston Milliy Kengashi huzurida tashkil etilgan parlamentlararo doʻstlik guruhlarining faoliyati alohida qayd etildi.
.Joriy yil may oyida Ashxobod shahrida oʻtkazilgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Rossiyaning birinchi parlamentlararo forumi va Ayollar muloqoti doirasidagi birinchi yigʻilish yakunlari yuqori baholandi.
Barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni implementatsiya qilish borasida tajriba almashish, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, tomonlarni qiziqtirgan barcha yoʻnalishlar boʻyicha qoʻshma tadbirlar tashkil etishga kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar birodar mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yoʻlida parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini taʼkidladilar.