Oʻzbekiston stendini Madaniyat va turizm vazirligi, “Milliy PR-markazi” DUK “Uzbekistan airways” AJ bilan hamkorlikda namoyish etyapti, shu bilan birga, yarmarkada Munisbek gold group, Boʻston Travel, Grand Sohil turistik kompaniyalari ishtirok etyapti.
Xalqaro yarmarka kunlarida delegatsiyamiz aʼzolari yangi turistik mahsulotlarini namoyish etadi, shuningdek, joriy yil noyabr oyida boʻlib oʻtadigan TXTYA-2023 Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida ishtirokchilarni jalb etish uchun 4-mayda Seyshel orollari turizm tashkiloti, Hong Kong turizm tashkiloti va Nepal turizm tashkiloti vakillari bilan uchrashuvlar boʻlib oʻtdi, 5-mayda esa Kombodja qirolligi Turizm vazirligi vakillari bilan muzokaralar tashkil etilishi kutilyapti, deb xabar beradi Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.