Mazkur bahs oldidan OFK, OʻFA tashkiliy qoʻmita aʼzolari hamda jamoalar vakillari ishtirokida miting boʻlib oʻtdi. Unda uchrashuvga oid bir qator yoʻnalishlar boʻyicha masalalar muhokama qilindi. 

Kelishuvga koʻra, ertaga Oʻzbekiston milliy terma jamoasi toʻliq oq rangda maydonga tushadigan boʻldi, darvozabonimiz esa qora libosda harakatlanadi.