Qayd etilishicha, shu yilning 14-iyul kuni erta tongda mamlakatimiz sport delegatsiyasining ishchi guruhi Germaniyaga joʻnab ketdi.
Aytish lozim, bu yilgi yozgi Universiada oʻyinlarida 150 taga yaqin davlatning 8 ming 500 nafardan ziyod sportchi-talabalari 18 ta sport turining 234 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.
Musobaqalar 6 ta shahardagi 23 ta sport majmuasida tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
Joriy yilning 16-27-iyul kunlari oʻtadigan bu galgi oʻyinlarda Oʻzbekiston sportchi-talabalari 11 ta sport turi – kamondan otish, sport gimnastikasi, yengil atletika, suvga sakrash, dzyudo, badiiy gimnastika, eshkak eshish, suzish, stol tennisi, taekvondo WT va tennis boʻyicha vatanimiz sharafini himoya qiladi.
Eslatib oʻtamiz, yozgi Universiada oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi 16-iyul kuni Duysburg shahridagi “Shauinsland-Rayzen” arenasida oʻtkaziladi.