Uchrashuv davomida Turkiya delegatsiyasi vakillari Savdo-sanoat palatasi faoliyati bilan tanishib, oʻzaro manfaatli hamkorlikning istiqbollari va imkoniyatlarini, jumladan, toʻqimachilik sanoatida, shuningdek taʼlim sohasida loyihalarni amalga oshirishni muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari boʻyicha hamkorlikni yanada rivojlantirish, shuningdek, Ittifoq taʼsischilari va aʼzolari ishtirokida Oʻzbekiston va Turkiya ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan uchrashuv oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati.