“Startup Genome” butun dunyoda startap ekotizimlari faoliyatini tahlil qilish hamda rivojlantirish boʻyicha global konsalting kompaniyadir. Tashkilot tomonidan turli mavzularda davriy hisobotlar tayyorlanadi.

Xususan, joriy yil 1-4-noyabr kunlari Portugaliyaning Lissabon shahrida ushbu tashkilot tomonidan global startap ekotizimlari ishtirokida xalqaro anjuman tashkillashtirildi hamda 2022-yil yakunlari boʻyicha global yillik hisobot taqdim etildi. 

Joriy yilning 7-dekabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi Startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish boshqarmasi “Startup Genome” global tashkiloti vakillari bilan hamkorik oʻrnatish yuzasidan uchrashuv tashkillashtirildi. 

Unda oʻzbek startap ekotizimini global reytinglarga kiritish hamda rivojlantirish boʻyicha suhbat boʻlib, 2023-yil iyun oyiga qadar Toshkent startap ekotizimi global reytinglarda oʻrin olishi hamda rivojlantirishning aniq yoʻnalishlari belgilab olinishi kelishib olindi.