Unda Kengash vakolati doirasidagi qator masalalar koʻrib chiqildi. Yakunda bir nafar sudya (jinoyat ishlari boʻyicha tuman sud raisi) sudyalik qasamyodini buzgani hamda oʻz arizasiga koʻra vazifasidan ozod etildi.
Shuningdek yigʻilishda 29 nafar sudyani intizomiy javobgarlikka tortish masalasi ham koʻrib chiqilib, faoliyatida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 25 nafarini intizomiy javobgarlikka tortishga rozilik berildi, toʻrt nafariga nisbatan rad etildi (intizomiy jazo choralari Kengash roziligi bilan tegishli malaka hayʼatlari tomonidan qoʻllaniladi).
Bundan tashqari mart oyida vakolat muddati tugagan 4 nafar sudyani navbatdagi 10 yillik muddatda tayinlash masalasi ham muhokama qilindi.
Pirovardida, Sudyalar oliy kengashi qaroriga asosan:
Abrorbek Azimovich Karimov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Fargʻona viloyat sudining iqtisodiy ishlar boʻyicha sudyasi lavozimiga;
Baxodirjon Baxtiyorovich Ergashev - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik, shundan besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Shahrisabz tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Kamoliddin Ravshanovich Murodov - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik, shundan besh yil muddatga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Denov tuman sudining raisi lavozimiga;
Qobuljon Gʻulomjon oʻgʻli Abdullayev - sudyalik lavozimida boʻlishning navbatdagi oʻn yillik muddatiga Fargʻona viloyati jinoyat ishlari boʻyicha Qoʻqon shahar sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati