O'zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi raisligiga Ubaydulla Mingboev nomzodi ma'qullandi 

    Mamlakatimizda 26 Noyabr 2022 1240

    Bugun Toshkent shahrida O'zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasining VI sezdi bo'lib o'tdi.

    O'zbekiston Sudyalari assotsiatsiyasi raisligiga ko'p yillar davomida shu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan Ubaydulla Mingboev nomzodi ma'qullandi.

    16 nafar delegat esa Markaziy kengash a'zosi etib saylangan bo'lsa, 3 nafar nomzod Taftish komissiyasi a'zosi etib belgilandi.

    Shuningdek, tadbirda Sud`yalar assotsiatsiyasining joylardagi filiallarining 5 nafar raisiga tashakkurnoma va esdalik sovg'alari berilib, bir necha sud`ya va sud faxriylari “Sud faxriysi” ko'krak nishoni va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandi.