Oʻzbekiston sugʻorish tizimlarini yangilash uchun 250 mln dollar qarz oladi

    Moliya 13 Iyun 2025 678

    Forum doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) hamda Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasida mamlakat boʻylab 110 ta sugʻorish nasos stansiyasini modernizatsiya qilish uchun 250 million AQSH dollarigacha boʻlgan suveren kredit ajratadi.

    Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, loyihadan 10 ta hudud qamrab olinadi va u Oʻzbekiston sugʻorish tizimini modernizatsiya qilish boʻyicha Milliy dastur ijrosiga koʻmaklashadi. Natijada yiliga 251 ming Mvt⋅soat elektr energiyasi tejaladi va atmosfera havosiga chiqariladigan karbonat angidrid miqdori 117 ming tonnadan ortiq kamayadi. Shuningdek, loyiha doirasida nasos stansiyalarining tomlariga quyosh panellari oʻrnatilishi kabi qoʻshimcha infratuzilma ham yangilanadi.

    Hozirgi kunda YTTBning Oʻzbekistondagi investitsiyaviy portfeli 5,6 milliard yevro qiymatidagi 181 ta loyihani oʻz ichiga oladi. Mablagʻlarning asosiy qismi xususiy sektorni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan. Oʻzbekiston besh yildirki, Markaziy Osiyoda YTTB investitsiyalarining eng yirik manzili boʻlib qolmoqda.