Turizm va sport vazirligi hamda Oʼzbekistonning Fransiyadagi elchixonasi hamkorligida “Chasse et Peche TV” telekanali ijodkorlarining mamlakatimizga tashrifi dasturi ishlab chiqildi.

Dasturga muvofiq mehmonlar viloyatning Boʼstonliq tumanida boʼlib, u yerdagi diqqatga sazovor joylarni sayr qilishdi.

Sayohat davomida ijodkorlar uchun “Koʼksuv”da baliq ovi tashkil etildi. “Chasse et Peche TV” telekanali xodimlari aynan baliq ovi boʼyicha koʼrsatuv egalari boʼlganliklari sababli sayohatning mana shu nuqtasi mehmonlarga manzur boʼldi va suratga olingan jarayonlar Fransiya telekanali orqali efirga uzatiladigan boʼldi.

Shuningdek, jurnalistlar Ugam-Chotqol milliy bogʼi va Nefrit koʼlida ham suratga olish ishlarini olib borishar ekan, ijodiy guruhning taʼkidlashicha mazkur betakror manzaralar ularga juda maʼqul kelganini mamnuniyat bilan maʼlum qilishdi.

Mehmonlar oʼzbek qovunidan tanovul qilib sayohatni maroqli davom ettirishdi.