Suhbat chogʻida turli sohalardagi koʻp qirrali Oʻzbekiston-Afgʻoniston munosabatlari holati va ularni yana-da faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Afgʻonistonda mustahkam tinchlik oʻrnatish hamda mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlashning muhim jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Transport, logistika, energetika, savdo va taʼlim sohalarida investitsiya va infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirish orqali ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Afgʻonistonda tez orada tinchlik va barqarorlikka erishish uchun mazkur mamlakatni Markaziy Osiyodagi integratsiya jarayonlariga jalb qilishni jadallashtirishning muhimligi qayd etildi.

Muzokaralarda ikki tomon kun tartibining oʻzaro manfaatli boshqa masalalari ham koʻrib chiqildi.